Texnik xususiyatlari
- Davlat: Janubiy Koreya
- Ishlab chiqaruvchi: Autonics
- Seriya: PSQ
- Mahsulot turi: raqamli bosim datchigi
- Displey turi: ikki displeyli LCD (PV va SV bir vaqtda ko‘rsatadi)
- Ekran: 12-segment LCD, turli alfanumerik belgilarni ko‘rsatadi
- Asosiy displey rangi: holatga qarab 3 xil rangda ko‘rinishi mumkin
- Quvvat manbai: 12–24 VDC
- Chiqish turi: parametr orqali NPN / PNP open collector tanlash mumkin
- Qo‘shimcha funksiyalar: parameter copy, multiple sensor sozlamalarini nusxalash
- Ishchi muhit: modelga qarab havo, agressiv bo‘lmagan gaz, suyuqlik va moy
- Bosim diapazoni: modelga qarab vacuum, positive yoki compound diapazonlar
- Ulanish turi: modelga qarab kabel yoki connector varianti mavjud
- Port turi: modelga qarab R1/8, Rc1/8, NPT1/8, R1/4, NPT1/4 va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Tavsif
AUTONICS PSQ seriyali raqamli bosim datchiklari sanoat avtomatlashtirish tizimlarida bosimni aniq o‘lchash va nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Qurilmaning ikki displeyli tuzilishi jarayon qiymati (PV) va belgilangan qiymatni (SV) bir vaqtda ko‘rsatib, operatorga holatni tez baholash imkonini beradi. 12-segment LCD ekran ko‘rsatkichlarni aniq ko‘rsatadi, asosiy displeyning rangli indikatsiyasi esa nazoratni yanada qulay qiladi. PSQ seriyasi gaz, suyuqlik va moy bosimini o‘lchash talab qilinadigan turli sanoat vazifalarida qo‘llanadi.
Руководство по эксплуатации датчиков давления Autonics PSQ